Amerikalik aktyor va rejissyor Silvestr Stallone AQShning yangi prezidenti Donald Trampning milliy san`at jamg`armasiga rahbarlik qilish taklifini rad etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Silvester Stallone Trampning taklifidan boshi osmonga etganini, ammo rahbarlik lavozimida ishlaganidan ko`ra, faxriylar bilan ishlasa, hukumatga ko`proq foydasi tegishi haqida ma`lum qildi.
Silvester Stallone hukumatning harbiy xizmatdan qaytgan askarlarning xizmatdan keyin yaxshi maoshli ish, boshpana topishiga va moliyaviy tomondan ko`maklashishga e`tibor qaratish istagida yuqoridagi so`zlarni aytdi.
Milliy san`at jamg`armasi art-tashkilotlarga davlat grantlarini taqsimlash bilan shug`ullanadi. U 1990 yillarda respublikachilar hujumi nishoniga aylangan edi. Ayni paytda jamg`armaning yillik byudjeti 148 million dollarni tashkil etadi.





