2016 yil 16 dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.
Sessiyada Davlatimiz rahbari tomonidan viloyat qishloq xo`jaligida islohotlarni va tarkibiy o`zgarishlarni davom ettirish, bunda asosiy e`tiborni paxta maydonlarini qisqartirish hisobidan meva-sabzavot mahsulotlarini ko`paytirish, viloyatning eksport salohiyatini keskin oshirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Navoiy, Jizzax, Angren hududlarida erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko`rsatayotir. Bu tajribani kengaytirish maqsadida G`ijduvon tumanida ham ana shunday sanoat zonasini tashkil etish ko`zda tutilmoqda, deya ta`kidladi Prezident Shavkat Mirziyoev o`z nutqida.
Buxoroning turizm salohiyati juda katta. Uni yanada oshirish hamda samarali foydalanish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni bu borada dasturilamal bo`lib xizmat qiladi.





