15–16 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi. Sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadi Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ishtirok etadi. Uchrashuv kun tartibida mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Sammit yakunlarida ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmogda. O‘zbekistonning usbu formatdagi raisligi davomida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 20 dan ortiq tadbir o‘tkazilgan.






