AsosiySport

"Galatasaroy" futbolchisi pul tiklash mojarosi sabab terma jamoadan chetlatildi

Turkiyada futbolchilar orasidagi noqonuniy pul tikish bo‘yicha keng qamrovli tergov davom etmoqda.

'"Galatasaroy" futbolchisi pul tiklash mojarosi sabab terma jamoadan chetlatildi'ning rasmi

Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) mamlakatda davom etayotgan pul tikish bo‘yicha tergov doirasida gumonlanayotgan “Galatasaroy” himoyachisi Eren Elmali milliy terma jamoa tarkibidan chiqarib tashlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Turkiye Today” nashri xabar berdi.

TFF bayonotiga ko‘ra, 1024 nafar futbolchi Intizom kodeksining 57-moddasi asosida ehtiyot chorasi sifatida Professional futbol intizom kengashiga yuborilgan. Federatsiya professional ligalarda o‘yinchi o‘yinchilarning noqonuniy garov faoliyati bilan bog‘liq dalillar aniqlandanini ma’lum qildi.

Elmalidan tashqari, Izzet Chelik (U-21) va Ege Albayrak (U-19) ham o‘z terma jamoalari tarkibidan vaqtincha chetlatilgan.

24 yoshli Eren Elmali ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan bayonotida tergovga tortilganini tasdiqladi. Uning aytishicha, voqea “taxminan besh yil avvalgi” bir o‘yinga qo‘yilgan bitta garov bilan bog‘liq:

“Mening ismim jamoa bilan bog‘liq bo‘lmagan bir uchrashuvga tikilgan bitta garov tufayli tilga olingan. O‘shandan beri men pul tikish faoliyati bilan mutlaqo shug‘ullanmaganman”, — dedi futbolchi.

Tergov TFF tomonidan futbolchilar o‘rtasidagi noqonuniy pul tikish amaliyotiga qarshi olib borilayotgan keng qamrovli kampaniyaning bir qismi hisoblanadi. Rasmiylar hozircha ish tafsilotlarini to‘liq oshkor etmagan, lekin surishtiruv turk futboli tarixidagi eng yirik intizomiy ishlardan biri sifatida qayd etilmogda.

Ma’lumot uchun, Eren Elmali Turkiya terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralashida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

    Boshqa yangiliklar