AsosiyJamiyat

Toshkentning oraliq bekatlarida axborot tablolari o`rnatiladi

Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida jamoat transporti yo`lovchilariga qulaylik yaratish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ hamda “Toshtransdispetcherxizmat” UK “Grand Technology Systems” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentning oraliq bekatlarida axborot tablolarini o`rnatishni boshladi

Axborot tablolarida mazkur bekatda to`xtaydigan avtobuslarning kelish-ketish jadvali, valyutalar kursi, shuningdek ob-havo ma`lumoti yozilgan bo`ladi. Kelgusida mazkur tablolarni shaharning barcha bekatlariga o`rnatish rejalashtirilgan. 

Ayni damda a`borot tablolari “6-tug`ruq majmuasi” Taraqqiyot ko`chasi bo`ylab, “Dunyo” Supermarketi, Shahrisabz ko`chasi bo`ylab, “Chimyon magazinida”, Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasi, “Grand Mir Hotel” bekati hamda Shota Rustaveli ko`chasi bo`ylab o`rnatilgan.

Ma`lumotlar tablosi 24 soat ishlaydi, shu bilan birga avtobuslarning kelish vaqti 06:00 dan 23:00 gacha davom etadi.

Boshqa yangiliklar