AQSh milliy futbol ligasi (NFL) jamoasi "Dallas Kovboys" himoyachisi Marshon Niland politsiya ta'qibidan so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Texas jamoat xavfsizligi departamenti ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 5 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Niland yo‘l harakati qoidasini buzganidan so‘ng politsiya uni to‘xtatishga uringan, biroq futbolchi to‘xtatmagan va avtomobilni katta tezlikda haydab ketgan.
Ortidan ta'qib to‘xtatilganidan so‘ng, uning mashinasi halokatga uchragan holida topilgan. Huquq-tartibot idoralari Niland o‘zini o‘zi otganini ma'lum qildi.
Agent Jonatan Perzli uni "iste'dodli va jonkuyar futbolchi" sifatida eslab, uning vafotidan qattiq qaygurganini bildirdi.






