Bugun, 5 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi J guruhidagi ilk o‘yinda Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘chrashuvda Azizbek Abdumo‘minov 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, raqib jamoasidan Alan Ledesma penaltidan gol urib hisobni qisqartirdi. Eslatib o‘tamiz, Irlandiya - O‘zbekiston o‘chrashuvi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, O‘zbekiston - Panama o‘rtasidagi o‘yin 11 noyabr kuni o‘tkaziladi.






