Amerikalik milliarder Ilon Mask Grok sun'iy intellekti asosida yaratilgan Grokipedia nomli yangi onlayn ensiklopediyani taqdim etdi, deb xabar beradi CNN.
Platforma tashqi ko‘rinishi jihatidan Wikipedia'ni eslatadi, biroq yopiq tizimda ishlaydi — foydalanuvchilarga faqat fikr bildirish orqali xatolik haqida xabar bera oladi.
Hozircha Grokipedia 800 mingga yaqin maqola mavjud (Wikipedia'da esa 7 milliondan ortiq). Maskning aytishicha, loyiha Grok AI'ning rivojlanishiga qarab takomillashib boradi. U hatto sayt nusxalarini Oy va Mars orbitasiga yuborish niyatida ekanini ham bildirgan.






