Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan holat ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘lgan edi.
Spark haydovchisi ayol Matiz haydovchisi bilan to‘qnashuvdan so‘ng o‘zini yo‘qotib, bolg‘a bilan mashina oynasini sindirgan va erkakning boshiga zarba bergan. Jabrlanuvchi yengil miya chayqalishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Sud ayolni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topdi va bir yil olti oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Shuningdek, u jabrlanuvchiga 5 million 300 ming so‘m tovon to‘laydi.






