Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida qariyb 8,6 million chet ellik fuqarolar turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 million nafarga yoki 49,3 foizga ko‘p.
Sayyohlar asosan quyidagi mamlakatlardan kelgan:
Qirg‘iziston – 2,4 mln
Qozog‘iston – 2 mln
Tojikiston – 1,9 mln
Rossiya – 757 ming
Afg‘oniston – 343 ming
Turkmaniston – 275 ming
Xitoy – 177 ming
Turkiya – 130 ming
Hindiston – 56 ming
Janubiy Koreya – 35 ming
Boshqa davlatlar – 435 ming kishi.
Turizm oqimining bunday o‘sishi O‘zbekistonning xalqaro sayyohlik markaziga aylanish yo‘lidagi izchil islohotlar bilan izohlanmoqda.






