AsosiyBu qiziq

Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublikada harorat oldingi haftaga qaraganda biroz salqinroq bo‘ladi.

'Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O'zgidromet" bugun, 27 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, kechga tomon ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 19-24 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar