Reytingda qayd etilishicha, gul va naqshlar bilan bezatiladigan, an'anaviy tandirlarda yopiladigan o'zbek noni nafaqat ta'mi, balki tayyorlanish usuli va ko'rinishi bilan ham ajralib turadi.
Nashrga ko'ra, O'zbekistonda non hududga qarab turli bo'ladi — Toshkentdan to Samarqandgacha, har bir viloyatning noni o'ziga xos shakl, mazasi bilan farqlanadi.
Issiq nonlar tandirdan chiqqach, ular bozorlarga yoki qahvaxonalar sari maxsus chopardalar yordamida etkaziladi. Bu jarayon ham o'zbek nonining madaniy qadriyat sifatida qadrli ekanini ko'rsatadi, deya ta'kidlaydi CNN Travel.