AsosiySport

U-20 Jahon chempionati: finalda Marokash va Argentina to'qnash keladi

Yarim finalda Frantsiya va Kolumbiya terma jamoalari mag'lub bo'ldi.

'U-20 Jahon chempionati: finalda Marokash va Argentina to'qnash keladi'ning rasmi

Bugun, 16 oktyabr kuni 2025 yilgi U-20 Jahon chempionatining finalchilari ma'lum bo'ldi — hal qiluvchi bahsda Marokash va Argentina terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Marokash yarim finalda Frantsiyani asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida (5:4) yengdi. Argentina esa Kolumbiya ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Ma'lumot uchun, musobaqaning final uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion — 2023 yilgi finalda Italiyani mag'lub etgan Uruguay terma jamoasi.

    Boshqa yangiliklar