AsosiyBu qiziq

Dilfuza Ismailova: 40 ga to‘layotgan farzandlarim mendan beruxsat ko‘chaga chiqmaydi

Xonanda Dildfuza Ismoilova Darakchi.uz'ning "Gaplashamizmi?" ko'rsatuviga bergan intervyusida oilasi va farzandlari bilan munosabatlari haqida samimiy suhbatlashdi.

'Dilfuza Ismailova: 40 ga to‘layotgan farzandlarim mendan beruxsat ko‘chaga chiqmaydi'ning rasmi

“Qariligimni hech qachon tan olmayman”, — deya so‘z boshlagan xonanda.

“Ko‘pchilik farzandlaringizga juda yaxshi tarbiya bergansiz, deyishadi. Bu qondan o‘tadi. Rahmatli onajonim bolalarimga o‘zi qaraganlar. Rostini aytganda, menda ularga qat'iy tarbiya berishga vaqt bo‘lmagan.

Lekin doimo ularning do‘sti bo‘lishga harakat qilganman. Hatto dugonalarim bilan biror bazmda bo‘lganimda ham, 40 yoshga to‘layotgan farzandlarim qo‘ng‘iroq qilib mendan beruhsat ko‘chaga chiqmaydi. Qizim ham, kelinlarim ham shunday.

Men esa ularga hech qachon cheklov qo‘ymaganman. Faqat muhabbat va ishonch bergaman”, — deydi Dilfuza Ismoilova.

    Boshqa yangiliklar