AsosiySiyosat

Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidentini qabul qildi

Shuningdek, uchrashuvda bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni kelgusi yilda O‘zbekistonda muhokama qilindi.

'Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidentini qabul qildi'ning rasmi

Bugun, 17 sentabr kuni Davlat rahbari Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidentini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Uchrashuv avvalida vitse-prezident Inmin Yang davlat rahbariga OTB rahbari Masato Kandaning salomi va eng ezg‘i tilaklarini yetkazdi hamda forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda "yashil" energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar portfeli 14 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Mamlakat yetakchisi OTB bilan infrastruktura, davlat-xususiy sheriklik, biznes, ijtimoiy soha va kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli strategik sheriklik dasturini tayyorlash muhimligini qayd etdi.

Qashshoqlikka qarshi kurashish, muhim minerallarni qayta ishlash, byudjetni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha loyihalarni ilgari surishga alohida e‘tibor qaratildi.

Shuningdek, bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:01

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:48

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:39

    '“Navbahor” futbol maktabi uch yil muddatga “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi'ning rasmi

    Siyosat 16.09.2025 21:07

    “Navbahor” futbol maktabi uch yil muddatga “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi

    Akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namangaga olib kelinadi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 16.09.2025 20:42

    ''ning rasmi

    Siyosat 16.09.2025 20:40