AsosiyJamiyat

Endi Green Card’ga ariza topshirish pulli bo‘ladi

AQSH Davlat departamenti Diversity Visa (DV) ya’ni Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etilishini aytdi.

'Endi Green Card’ga ariza topshirish pulli bo‘ladi'ning rasmi

Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etiladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, departamenti 16-sentyabr kuni Diversity Visa (DV) ya’ni Green Card’ga ariza topshirish uchun 1 dollar to‘lov joriy etilishini ma’lum qildi. Joriy etilayotgan to‘lov elektron shaklda, ro‘yxatdan o‘tish vaqtida undirilishi ko‘zda tutilgan. Departament hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu tashabbus orqali taxminan 25 million dollar mablag‘ foyda ko‘rilishi kutilmoqda.

“Bu o‘zgarish, lotereyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga xarajatlarni teng taqsimlash imkonini beradi. Endi bu xarajatlar faqatgina g‘olib bo‘lgan kam sonli ishtirokchilarga emas, balki barcha ro‘yxatdan o‘tganlarga taalluqli bo‘ladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

To‘lov 2025-yil oktyabr oyi boshida boshlanishi kutilayotgan Green Card-2027 uchun joriy etiladi. Ariza topshirish sanasi hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, yaqin orada AQSH Davlat departamentining rasmiy sayti va Federal reyestrda to‘liq ma’lumot — ariza topshirish muddatlari, ishtirok etish talablari hamda qaysi davlat fuqarolari qatnasha olishi haqida e’lon qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:17

    Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzayatganini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.