Prezident pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Ma’lum qilinishicha, yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Shuningdek, kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi. O‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi. Fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi hamda bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi. Bundan tashqari, dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi. Reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.
Boshqa yangiliklar

Siyosat Bugun 15:09
So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi
Oliygohlar soni ham 77 tadan 202 tagacha koʻpayib yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

Siyosat Bugun 14:53
Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi
Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar kasb ustalari esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

Siyosat Bugun 14:42
Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi
Yangi o‘quv yilidan 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlar bilan ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilinadi.