AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Viloyat IИBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, mushtlashuv ishtirokchilariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llangan.

'Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi'ning rasmi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida, bir guruh shaxslarning o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 9 sentyabr kuni, soat 21.30 larda 29 yoshli fuqaro o‘zining sinfdoshlari bilan, shahar hududida joylashgan to‘yxona hovlisida turgan vaqtida, unga avvaldan tanish bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Yu. S. boshchiligidagi bir guruh shaxslar, davlat raqami o‘zboshimchalik bilan yechib olingan avtomashinada kirib kelganlar.

Shundan so‘ng Yu. S. hamda uning sheriklari o‘rtalarida bo‘lgan nizo sababli 29 yoshli fuqaroni qo‘l va oyoqlari bilan urib unga tan jarohati yetkazishgan.

Holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bazorilik) 3-qismi "g" bandi bilan, jinoyat ishi qo‘zgatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, jinoyatda gumonlanuvchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxslar Q. J. hamda N. A. ga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, ushlash chorasi ko‘rilmoqda.

Agarda siz tasvirdagi shaxslardan jabrlangan yoki ulaning biron-bir jinoyatga aloqadorligidan habardor bo‘lsangiz hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Ma’lumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanaadi, deyiladi habarda. 

    Boshqa yangiliklar