AsosiyJamiyat

Никоҳдан олдин тиббий кўрик мажбурияти бекор қилинади

Yangi tartib 2025 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.

'Никоҳдан олдин тиббий кўрик мажбурияти бекор қилинади'ning rasmi

Prezident farmoniga binoan, nikohni rasmiylashtirish jarayonida tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim etish talabi bekor qilinadi. Ushbu o‘zgarish davlat xizmatlarida byurokratik tartibotlarni qisqartirish maqsadida joriy etildi.

Adliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, endi nikohlanayotganlar tibbiy ma’lumotnoma topshirishga majbur bo‘lmaydi. Mazkur tartib 2025 yil 1 dekabrdan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

Farmoniga ko‘ra, boshqa qator soddalashtirishlar ham nazarda tutilgan. Masalan, nikohdan sud orqali ajratilganlik to‘g‘risidagi yozuv uchun FHYDЁ organlari tomonidan sud qarorini talab qilish amaliyoti ham bekor qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar