AsosiyDunyo

Rossiyaning neft daromadlari bir haftada 30 foizga kamaydi

Yevroittifoq sanksiyalari Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda.

'Rossiyaning neft daromadlari bir haftada 30 foizga kamaydi'ning rasmi

Yevroittifoq sanksiyalari Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu haqda YIning tashqi ishlar bo‘yicha vakili Kaia Kallas ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ayniqsa “soya floti”ga qarshi sanksiyalar tufayli Rossiyaning Qora va Boltiq dengizlari orqali neft’ eksportidan olinadigan daromadi atigi bir haftada 30 foizga kamaygan.

“Rossiya milliardlab dollar yo‘qotdi va bu pullar endi harbiy sanoatga yo‘naltirilmaydi”, — deydi Kallas.

U, shuningdek, agar AQSh ham YI bilan birgalikda sanksiyalarni kuchaytirsa, bu Moskva uchun yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar