AsosiySiyosat

Prezident: Anomal issiq ham, sovuq ham bahona emas

Mirziyoyev hokimlardan iqlimga mos yechim, eksportda aniq natija talab qildi.

'Prezident: Anomal issiq ham, sovuq ham bahona emas'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hokimlar va mutasaddilarga qattiq ogohlantirish berildi.

Davlat rahbari anomal issiqlar yoki qahraton sovuqlar endi kechiktirish uchun bahona bo‘la olmasligini ta’kidlab, har qanday iqlimga chidamli ekinlar yetishtirish va oziq-ovqat eksportini oshirish zarurligini bildirdi.

Yig‘ilishda so‘nggi 6 oyda oziq-ovqat eksporti 44 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollarni tashkil qilgani qayd etildi.

Biroq ayrim hududlar — Surxondaryo, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston va Navoiy eksportda ortda qolmoqda. Prezident ushbu hududlar rahbarlari va hukumatdan biriktirilgan mas’ullardan faollikni keskin oshirishni talab qildi.

    Boshqa yangiliklar