Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, ayniqsa, eksport salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda so‘nggi uch yilda 250 ming gektar yer oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga o‘tkazilgani, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzorlar yaratilgani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta loyiha ishga tushirilgani qayd etildi.
Shuningdek, mahsulotlarni saqlash, quritish, saralash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy infratuzilmalar barpo etildi.
Prezident FAO — Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Kengashiga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi.