AsosiyDunyo

Tataristonda kuchli yomg‘ir sabab 3 ta mashina yer ostiga qulab tushdi

Hozirda jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.

'Tataristonda kuchli yomg‘ir sabab 3 ta mashina yer ostiga qulab tushdi'ning rasmi

Tataristonda kuchli yomg‘ir yog‘di. Tabiiy hodisa oqibatida 3 ta mashina yer ostiga qulab tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan video kadrlaridan avtomobillar avtoturargohda hosil bo‘lgan chuqurga tushib ketganini ko‘rish mumkin. Video muallifining so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar "ko‘z o‘ngida" yer ostiga kirib ketgan.

Hozirda jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.

    Boshqa yangiliklar