Markaziy bank 22 iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,31 so‘mga ko‘tarildi va 12 603,52 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 43,31 so‘mga oshdi va 14 676,80 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,63 so‘mga yuqorilab, 160,94 so‘mni tashkil etdi.