AsosiyJamiyat

“Hokimning bojasiman” deya odamlarni chuv tushirgan shaxs sud tomonidan jazoga tortildi

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligi ra munosabat bildirdi.

'“Hokimning bojasiman” deya odamlarni chuv tushirgan shaxs sud tomonidan jazoga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Chortoq tumanida yashovchi fuqaro o‘zini go‘yoki viloyat hokimining qarindoshi — “bojasi” deb tanishtirib, bir necha fuqaroni aldab pul undirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot kotibi Ma’sudjon Sulaymonov ra munosabat bildirdi.

“Fuqaro B. Inamov o‘zini hokimning qarindoshi deb tanishtirgan holda, odamlarning ishonchini suiiste’mol qilgan va sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi. Viloyat rahbarining ushbu holatga hech qanday aloqasi yo‘q”, — deydi ra va bu kabi voqealarda ommaviy axborot vositalari va blogerlarni mas’uliyat bilan yondashishga, haddan tashqari hayp va shov-shuvdan saqlanishga chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, B. I firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun sud qarori bilan moliyaviy jarimaga tortilgan va qamoqda saqlangan kunlari hisobga olinib, sud zalida ozod qilingan.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Hayitbayev nomidan noto‘g‘ri axborot tarqatilgan mazkur holatga raddiya tariqasida hokimlik shuni yana bir bor ta’kidladi: “Viloyat hokimining bunday qarindoshi yo‘q, mazkur xatti-harakatlar shaxsiy manfaat yo‘lida atalgan firibgarlikdir”.

Rasmiylar fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirib, “Kimdir sizga o‘zini hokimga yaqin inson sifatida tanishtirsa yoki surat ko‘rsatib, ishonch hosil qildirmoqchi bo‘lsa — bu kabi chaqiriqlarga ishonmang”, degan ogohlantirish bilan murojaat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar