AsosiyDunyo

Tramp Kanadaga qarshi yangi boj joriy qilishini aytdi

AQSH Prezidenti 1 avgust kunidan Kanadadan olib kiriladigan barcha mahsulotlarga 35 foiz boj solig‘i joriy etilishini e’lon qildi.

'Tramp Kanadaga qarshi yangi boj joriy qilishini aytdi'ning rasmi

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 1 avgust kunidan Kanadadan olib kiriladigan barcha mahsulotlarga 35 foiz boj solig‘i joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda AQSH rahbari o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

 

Qayd etilishicha, Tramp ushbu qaror Kanadani AQSH bilan hamkorlik qilmagani va o‘z stavkalarini e’lon qilgani uchun joriy etilganini bildirgan.

 

“Kanada AQSH bilan hamkorlik qilish o‘rniga o‘zining boj stavkalarini kiritdi. Shu sababli, 1 avgustdan boshlab biz Kanadadan AQSHga olib kiriladigan mahsulotlarga alohida 35 foiz boj solig‘ini qo‘llaymiz – bu boshqa sohalarga tegishli bojlardan tashqari”,— deya yozgan AQSH rahbari.

 

Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasida tuzilgan savdo bitimiga kirmagan Kanadadan olib kiriladigan tovarlarga avval 25 foiz boj solig‘i mavjud edi.

 

Shuningdek, quvvat mahsulotlariga 10 foiz boj solig‘i qo‘llanilgan. Qolaversa, Tramp 2025 yilning iyun oyi oxirida Kanada bilan barcha savdo muzokaralarini to‘xtatganini e’lon qilgan.Sabab – Kanadaning raqamli xizmatlar solig‘ini joriy qilishi. Bu soliq 30 iyun kuni kuchga kirishi kerak edi.

 

Kanada hukumati esa bunga javoban muayyan po‘lat turlariga kvotalar joriy etdi hamda kvotadan ortiq import qilinadigan po‘latga 50 foizlik qo‘shimcha boj belgiladi.

 

Shu bilan birga, Kanada Moliya vaziri bu choralarning “AQSHning nohaq boj siyosatiga qarshi” choralar ekanini aytdi va ular milliy sanoatni himoya qilishga qaratilganini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.07.2025 17:28

    'Piskent, Yangiyer va Tayloqda “valyutchiklik” bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Dunyo 11.07.2025 17:11

    Piskent, Yangiyer va Tayloqda “valyutchiklik” bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

    'Rossiya yagona aviatsion kreyseri “Admiral Kuznetsov” taqdirini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 11.07.2025 16:59

    Rossiya yagona aviatsion kreyseri “Admiral Kuznetsov” taqdirini muhokama qilmoqda

    1985 yilda suvga tushirilgan mazkur kreyser 2017 yildan beri modernizatsiya qilinayotgan.

    'Eron va AQSH yadroviy masala bo‘yicha muzokaraga kelishib oldi'ning rasmi

    Dunyo 11.07.2025 15:40

    Eron va AQSH yadroviy masala bo‘yicha muzokaraga kelishib oldi

    Ikki davlat vakillari o‘rtasidagi suhbati ijobiy bo‘lgani aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.07.2025 14:49

    'Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina chegaralarini qo‘riqlaydi'ning rasmi

    Dunyo 11.07.2025 14:11

    Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina chegaralarini qo‘riqlaydi

    NATO o‘rniga yangi koalitsiya tuziladigan bo‘ldi.