AsosiyJamiyat

Tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

'Tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga qarshi o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida uch yuzga yaqin shaxslar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ularning 70 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning "Tilanchilik qilish" moddasiga asosan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan, 47 nafari ma’muriy jarimaga tortilgan. 68 nafari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan va sud tomonidan ogohlantirilgan. 44 nafar voyaga yetmagan bola Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga topshirilgan. 15 nafarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi sababli Reabilitatsiya markaziga yuborilgan, 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining "Tilanchilik qilish" moddasiga ko‘ra jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Qolgan shaxslarga nisbatan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2025 yil yarim yillik hisobotiga ko‘ra, tilanchilikni o‘ziga kasb qilib olgan 1880 nafar shaxs aniqlangan.

Qonunchilikka ko‘ra, bu turdagi huquqbuzarlik bilan shug‘ullanish BHMning 3 baravarigacha miqdorda jarimaga (1 mln 125 ming so‘m) yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek, shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga (3 mln 750 ming so‘m) yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 22:58

    Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Ular qurilish obyektida kerakli hujjatlarsiz ishlagan.

    'O‘zbekistonda yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 21:40

    O‘zbekistonda yer qimirladi

    Epitsentrda zilzilaning sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

    'Perevalda 3 kundan beri yong‘in bo‘layotgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 20:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 19:18

    'Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 19:18

    Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...

    Poytaxtda fuqarolarni aldab pul yig‘ayotgan uch nafar shaxs qo‘lga tushdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 15:34