AsosiyJamiyat

Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi

Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

'Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi'ning rasmi

19 iyun kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida xonanda Shoira Otabekova yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Voqea soat 12:20 larda Qo‘rg‘ontepa tumani “Xurobod” MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 42 kilometrida sodir bo‘lgan. 

 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi Shoira Otabekova o‘zining BYD song plus rusumli transport vositasida Xonobod shahar yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositasi texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan hozirda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Xonanda o‘z Instagram sahifasi orqali ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Men avariyaga uchradim. “Strchniy”ga chiqib siqqan odam qochib ketdi. O‘zimga hech nima bo‘lmadi. Ko‘ramiz endi kim buni tagida turganini”, deb yozgan u.

    Boshqa yangiliklar