AsosiyDunyo

AQSH harbiy kemalari Bahrayndagi bazani tark etdi

AQSH dengiz kuchlari Fors ko‘rfazidan chiqib ketdi.

'AQSH harbiy kemalari Bahrayndagi bazani tark etdi'ning rasmi

Xabarlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Bahrayndagi AQSH harbiy-dengiz kuchlari 5-operatsion floti joylashgan bazada AQSH harbiy kemalarining to‘liq yo‘qligini qayd etdi. Bu haqda zamon uz xabar berdi.

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari baza akvatoriyasida langarda turgan bir nechta jangovar kema, to‘rtta mina trali va maxsus operatsiyalar kemasi hozirda mavjud emas. Ularning aniq qaerga yo‘l olgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Mutaxassislar bu harakatni keskinlik davrida qo‘llaniladigan xavfsizlik strategiyasining bir qismi sifatida izohlamoqda. Harbiy kemalarni tarqatish — ularni mojaroga yaqin hududlardan vaqtincha chekinishi — har xil flotlar tomonidan mojarolarga tayyorgarlik va ehtiyot chorasi sifatida qo‘llaniladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Bahrayndagi dengiz bazasi Fors ko‘rfazi hududida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u Eronning janubiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan. Mazkur baza nafaqat AQSH, balki Buyuk Britaniya dengiz kuchlari uchun ham muhim operatsion markaz hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar