Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davlat davolash muassasalari orasida birinchi bo‘lib zamonaviy robot-xirurg qurilmasi olib kelindi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimiz sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, bu orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Ta’kidlash kerak, “REVO-I” rusumli ushbu noyob robot-xirurg Koreyaning “Meere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning imkoniyatlari juda keng.
Xususan, mazkur qurilma yordamida bajariladigan amaliyotlar bemor hayoti uchun muhim bo‘lgan boshqa a’zolarga ta’sir qilmasligi, minimal qon yo‘qotish bilan kechishi va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayoni qisqa ekani bilan muhim ahamiyatga ega.