AsosiyJamiyat

Erondan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi

TIV O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan.

'Erondan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi'ning rasmi

16 iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.

“Mazkur jarayonda yaqindan ko‘mak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz”, deydi u.

Bildirilishicha, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalar 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalar bilan aloqada bo‘lish tavsiya etiladi.

Erondagi elchixona aloqa ma’lumotlari:

  • Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025;
  • Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz.

Isroildagi elchixona aloqa ma’lumotlari:

  • Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076;
  • Shoshilinch xabarlar uchun: +972 (54) 485-1397;
  • Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:32

    Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

    O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

    '“Jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va otasining ismini ham o‘zgartirishi mumkin...”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:27

    'Sobiq deputat Kobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    Sobiq deputat Kobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

    Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

    'Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:09

    Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi

    Harorat ko‘tarilishi oqibatida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishi inobatga olingan.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Qashqadaryoda do‘kon qariyb 190 million so‘mlik “tok”ni o‘g‘irladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    Qashqadaryoda do‘kon qariyb 190 million so‘mlik “tok”ni o‘g‘irladi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.