AsosiyJamiyat

"Moody's" O‘zbekistonning reyting prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ushbu holatga munosabat bildirdi.

'"Moody's" O‘zbekistonning reyting prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirdi'ning rasmi

Saida Mirziyoyeva “Moody's” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini “barqaror“dan “ijobiy“ga o‘zgartirganidan xursand ekanini bildirdi.

Bu Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, shuningdek, tanlangan yo‘l to‘g‘riligining tasdig‘i bo‘ldi, — deydi Prezident yordamchisi.

Bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sishga qodirligini namoyon etayotgan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barchasi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilganida o‘z aksini topdi.

Prognozning yaxshilanishi 2030 yilga borib O‘zbekistonning kredit reytingini ishonchli investitsion darajaga ko‘tarish bo‘yicha qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamdir. Shu bilan birga, ko‘zlangan maqsadga faqat umumiy sa’y-harakatlar bilangina, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish orqali erishish mumkinligini anglash muhim, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

    Boshqa yangiliklar