AsosiySalomatlik

Sho‘r ovqat oshqozon saratonini keltirib chiqarishi mumkin

Mutaxassis ogohlantirmoqda.

'Sho‘r ovqat oshqozon saratonini keltirib chiqarishi mumkin'ning rasmi

Mutaxassislar uzoq vaqtda buyon chipslar, gazlangan ichimliklar va boshqa "zararli" oziq-ovqatlarga haddan tashqari berilib ketish oshqozon uchun xavf tug‘dirishidan ogohlantirib kelishadi. Biroq, xavf nafaqat mahsulotlarda, balki tuz va shakarni ortiqcha iste’mol qilishda ham yashiringan, bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, gastroyenterolog Andrey Xaritonov aytib o‘tdi.

"Muntazam ravishda iste’mol qilinadigan juda sho‘r ovqat oshqozon hujayralarining bo‘linish tezligini oshiradi, bu esa har doim hujayrada "sinish" va saraton rivojlanish xavfini keltirib chiqaradi," - dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, besh grammdan ortiq bo‘lmagan tuz (taxminan bir choy qoshiq) va 25 gramm shakar (taxminan olti choy qoshiq) xavfsiz kunlik doza hisoblanadi. Ushbu me’yorlarning oshib ketishi organizmga qo‘shimcha yuklama beradi va nafaqat oshqozon-ichak kasalliklarini, balki boshqa jiddiy patologiyalarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar