AsosiyJamiyat

Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryoda "svet"dan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi

Har bir holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

'Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryoda "svet"dan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.P.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 494,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. “Mingchinor” MFY hududidagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 160,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.X. xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 172,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar