AsosiyJamiyat

Bolalar oromgohlariga borish uchun qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi?

Canoqli kunlardan keyin bolajonlarning yozgi ta’til mavsumi boshlanadi. Bu davrda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq chiqarishni xush ko‘radi.

'Bolalar oromgohlariga borish uchun qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmati maktab o‘quvchilari sog‘lomlashtirish oromgohlariga borishi uchun talab etiladigan tibbiy ma’lumotnomalar haqida ma’lumot berdi. 

 — Avvalo, ushbu maskanlarga 7-14 yoshli bolalar qamrab olinishini aytish joiz, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Nilufar Mansurova. — Ular ketishdan bir necha kun oldin hududiy oilaviy poliklinika yoki oilaviy shifokor punkti yoxud oilaviy poliklinikada shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi hamda shundan keyin bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida 079 shakldagi ma’lumotnoma to‘ldiriladi. 

Tibbiy ko‘rik vaqtida bolaning umumiy ahvoli baholanadi. U sog‘lom bo‘lsa, ya’ni oromgohga borishiga to‘sqinlik qiladigan hech qanday monelik aniqlanmasa, ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Mazkur hujjatda bolaning ism-sharifi, yoshi, yashash manzili, ota-onasining telefon raqami, ta’lim olayotgan maktabi va sinfi hamda qaysi hududiy poliklinikaga qarashliligi ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ma’lumotnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot, ya’ni tashxisi (“D” nazoratida turgan bo‘lsa, o‘sha holatdagi tashxisi);
  • umumiy allergik holati (biron bir narsaga allergiyasi mavjudligi);
  • shu paytga qadar qaysi kasalliklarni o‘tkazgani (qizamiq, ko‘kyo‘tal, tepki, gepatit va hokazo);
  • qoqshol hamda qizamiqqa qarshi oxirgi emlangan sanasi;
  • jismoniy rivojlanishi va jismoniy guruhi (tavsiya etilgan tartibi  ko‘rsatilgan holda).
  • Har bir bola hamshira tomonidan pedikulyoz bo‘yicha ham tekshiruvdan o‘tkaziladi.

 Sog‘liqni saqlash tizimi raqamlashtirilayotgan hozirgi davrda tibbiy ma’lumotnoma olish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

SSVning ma’lum qilishicha, bolajonlarimiz oromgohlarda ham tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘ladi. Barcha dam olish maskanlarida tibbiy punktlar tashkil etilib, ular malakali shifokor va hamshiralar hamda zarur dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:03

    Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar

    2026 yilgi Jahon baxti hisobotida yana shimoliy davlatlar yetakchilikni qo‘lga oldi.

    'Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:48

    Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi

    Туркиянинг Бодрум шаҳрида 36 ёшли Ўзбекистон фуқароси икки нафар эркак томонидан жинсий тажовузга учрагани хабар қилинди.

    'Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:17

    Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi

    Chetdan mamlakatga noqonuniy olib kirilgan katta miqdordagi mahsulotlar fosh etildi.

    'Prezident Imom Buxoriy majmuasiga bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:22

    Prezident Imom Buxoriy majmuasiga bordi

    Imom Buxoriy ruhi poklariga hurmat-ehtirom bazo keltirildi.

    'Toshkentda isitish mavsumi qachon tugaydi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    Toshkentda isitish mavsumi qachon tugaydi?

    Bayram kunlarida issiqlik ta’minoti saqlab qolinishi ma’lum qilindi.