Olimlar yangi tadqiqotlar natijasida shampun, sovun, loson va boshqa shaxsiy gigiyena uchun mo‘ljallangan mahsulotlarda formaldegid moddasi mavjudligini aniqlashdi.
Formaldegid — bu mahsulotlar saqlanish muddatini uzaytirish uchun qo‘shiladigan kimyoviy modda bo‘lib, astma va ayrim turdagi saraton kasalliklari xavfini oshiradi.
Los-Anjelesda o‘tkazilgan kichik tadqiqot shaharda yashaydigan qora tanli hamda latinoamerikalik ayollarning yarmidan ko‘pi har kuni formaldegid yoki uning o‘rindoshi bo‘lgan moddalar mavjud shaxsiy gigiyena mahsulotlaridan foydalanishini aniqladi.
Formaldegid shampun, loson va yuz kremlari kabi har kuni foydalaniladigan gigiyena mahsulotlari qo‘shiladi.
Formaldegid — rangsiz va hidsiz gaz bo‘lib, inson va o‘simliklarda metabolik jarayonlar mobaynida ham tabiiy tarzda hosil bo‘ladi. Biroq u qurilish materiallari, bo‘yoq, plastik kabi turli mahsulotlarda, shu jumladan kosmetikada ham konservant sifatida qo‘llanadi.
Yevropa Ittifoqi kosmetikada formaldegid va uni tarqatuvchi kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlagan, ammo AQSHda ayniqsa Kaliforniya va Merilend shtatlaridan tashqari ko‘pchilik joylarda bu moddalar qo‘shilishiga ruxsat beriladi.
Formaldegid turli yo‘llar - havo, suv va oziq-ovqat hamda teri orqali tanaga kiradi. Bu modda o‘pka va ko‘zlarning shilliq qavatini kuydirib, nafas olishda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu modda uzoq muddat ta’sir qilsa, astma xavfini oshirishi va burun to‘qimalari saratoni, shuningdek, miyeloid leykemiya kabi turli saraton xastaliklariga olib kelishi mumkin. AQSHning Sog‘liqni saqlash va inson resurslari departamenti tarkibidagi Milliy toksikologiya dasturi 2011 yilda formaldegidni “ma’lum inson saratoni kelib chiqishini keltiruvchi modda” deb e’tirof etgan.
Los-Anjeles tadqiqotida 2021 yili o‘tkazilgan qo‘llanmalarda 70 nafar qora tanli va latinoamerikalik ayollar bir hafta davomida ishlatgan 1 100dan ortiq mahsulotning tarkibini kuzatdi. Ular ichida 35 ta ehtimoliy zararli modda aniqlandi, jumladan formaldegid yoki konservantlar. Har bir ayolda o‘rtacha 4% mahsulotda bu moddalar borligi qayd etildi, ammo ayollarning 53% si hech bo‘lmaganda bitta formaldegidli mahsulotdan foydalangan.
Losonlar, yuz kremlari va sovunlar eng ko‘p formaldegidli moddalarni o‘z ichiga olgan toifalar ekanligi aniqlandi. Masalan, losonlarning 20 foizi formaldegid tarqatuvchi konservant ishlatgan, ularning 12 ta si Bath & Body Works brendiga tegishli bo‘lgan. Ishtirokchilar ushbu losonlarni besh kun ichida jami 76 marotaba qo‘llagan.
Dori-darmon va kosmetikada formaldegiddan boshqa parabenlar kabi konservantlar ham qo‘llaniladi, ularning ham sog‘liqka zararli bo‘lishi mumkin. Ammo atrof-muhitni muhofaza qilish guruhi Environmental Working Group ma’lumotlariga ko‘ra, propilen glikol, kapril glikol va sorbitan kaprilat singari uchta konservant nisbatan xavfsiz sanaladi.
Ekspertlar iste’molchilarga mahsulot paketlaridagi tarkibi ro‘yxatini diqqat bilan o‘qishni, formaldegid tarqatuvchi konservantlar nomlarini tekshirishni tavsiya qiladi. Shuningdek, Detox Me, Clearya yoki Environmental Working Group’ning Healthy Living kabi mobil ilovalar orqali mahsulotlarni skanerlab, xavfsiz alternativa topish mumkinligi aytilyapti.
Abdulloh Sayyid