AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 3 ta davlat fuqarolariga 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

Mazkur davlatlar — Bahrayn, Kuvayt va Ummon.

'O‘zbekistonda 3 ta davlat fuqarolariga 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda 1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi.

“2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan turistik xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi.

2025-yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd dollarga yetkazish;

ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 million nafar mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.

2025-yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.

2025-yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aprel oyida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ham to‘xtalib o‘tgandi. Prezident so‘nggi yillarda ichki turizmga e’tibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetganini (2017-yilda 5 millionta edi), lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘pligini aytgandi. Shu bois har oyning bitta shanba va yakshanbasi — “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinishi ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun,1-iyundan boshlab O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim joriy etiladi. Bu kelishuv ikki davlat fuqarolariga 30 kungacha vizasiz sayohat qilish imkonini beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    'Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:17

    Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi

    Chetdan mamlakatga noqonuniy olib kirilgan katta miqdordagi mahsulotlar fosh etildi.

    'Prezident Imom Buxoriy majmuasiga bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:22

    Prezident Imom Buxoriy majmuasiga bordi

    Imom Buxoriy ruhi poklariga hurmat-ehtirom bazo keltirildi.

    'Toshkentda isitish mavsumi qachon tugaydi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    Toshkentda isitish mavsumi qachon tugaydi?

    Bayram kunlarida issiqlik ta’minoti saqlab qolinishi ma’lum qilindi.

    'Yaponiyalik olimlar saratonning yangi turini aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:27

    Yaponiyalik olimlar saratonning yangi turini aniqlandi

    Yaponiya olimlari o‘smirlar va yoshi kattalarda uchraydigan, standart tahllilarda aniqlanishi qiyin bo‘lgan yangi qon saratoni turini kashf qildi.

    'Ҳайит намози вақтлари эълон қилинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:59

    Ҳайит намози вақтлари эълон қилинди

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yil Ramazon hayiti (Iydul Firt) 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.