Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi. Bu haqda “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish belgilandi.
Farmonga ko‘ra, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.
2025 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an’anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi. Qisqa muddatli kurslar yakunlari bo‘yicha davlat xizmatchilarining olgan bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkazildi.