AsosiyJamiyat

Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish iyunda boshlanadi

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

'Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish iyunda boshlanadi'ning rasmi

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

- murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli sall-markaz faoliyat boshlagan;

- shuningdek, murojaatchilar uchun qo‘shimcha ravishda maxsus piima_admission chatboti yaratildi;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

    Boshqa yangiliklar