Joriy yilning 10 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida erkak yosh bolaga kuch ishlatgani aks etgan videotasvirlar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea Sirdaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida videotasvirdagi holat ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Guliston shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.