AsosiyJamiyat

Navoiyda savdo majmuasi yonib ketdi

Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.

'Navoiyda savdo majmuasi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 6-may kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat tumanning “Arg‘un” MFY, "Arg‘un shoh" ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yuz bergan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.

Yong‘inda savdo majmuasining 200 kv.m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan.

Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar