AsosiySiyosat

Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi

Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025 yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi.

'Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025-yil 10-sentyabrga qadar uzaytirdi. Bu haqdagi Prezident farmoni Rossiya normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Rasmiy tasdiqdan oldin ogohlantirish berilgandi

Bu qaror Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining avvalroq bergan bayonoti bilan mos tushdi. Unda Qirg‘iziston elchisi Quvonchbek Bokontayev va Rossiya Prezidenti huzuridagi Mintaqalararo va xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar boshqarmasi rahbari Igor Maslov o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda shunday uzaytirish kutilayotgani ma’lum qilingandi.

Migratsiya siyosati kuchaygani sababli chora ko‘rilgan

Аvvalgi qarorga ko‘ra, Rossiyada yashab turgan migrantlar 2024-yil 30-aprelga qadar o‘z maqomini qonuniylashtirishi kerak edi. Bu tartib Rossiya hukumati tomonidan bahorda kuchaytirilgan migratsiya siyosati doirasida joriy etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar