AsosiySalomatlik

Tezpishar taomlar hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Tahlillarga ko‘ra, ushbu mahsulotlar tarkibida organizm uchun zararli bo‘lgan transyog‘lar miqdori juda yuqori.

'Tezpishar taomlar hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin'ning rasmi

Transyog‘lar nimasi bilan xatarli?

Bugungi kunda yoshlar orasida “fast-fud”, yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka frisi, chips va qandolat mahsulotlari keng ommalashgan. Tahlillarga ko‘ra, ushbu mahsulotlar tarkibida organizm uchun zararli bo‘lgan transyog‘lar miqdori juda yuqori.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin odam ushbu yog‘larning salbiy ta’siridan himoyalanmagan. Bu esa yurak xastaliklari va o‘lim xavfini keskin oshirmoqda.

Har yili sayyoramiz bo‘yicha 300 mingga yaqin odam transyog‘lar iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar tufayli vafot etmoqda.

Arzon yog‘ — katta tahdid

Tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov bu borada shunday deydi:

— Transyog‘lar arzon va qayta ishlashda qulay bo‘lgan yog‘ turi hisoblanadi. Xona haroratida qattiq qoladigan xususiyati tufayli turli xil oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladi.

Bu yog‘lar asosan margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taomlar, pechene, kraker va piroglarda uchraydi. Shuningdek, kavsh qaytaruvchi hayvonlar go‘shti va sutida tabiiy holda ham mavjud. Ammo har ikki turi ham inson salomatligi uchun xavfli.

Transyog‘lar qanday zarar qiladi?

Yog‘lar inson tanasida hujayra membranalari va boshqa biologik tuzilmalar uchun asosiy “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi. Ammo sun’iy sintezlangan transyog‘lar moddalar almashinuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Transyog‘lar zararli xolesterin miqdorini oshiradi va past zichlikdagi lipoproteinlar qon tomirlari devorida tiqin hosil qiladi. Bu qon aylanishi buzilishiga, hayotiy muhim organlarga qon yetkazib berishda uzilishlar yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada infarkt, insult va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi og‘ir kasalliklar rivojlanishi mumkin.

Shu bilan birga, transyog‘lar yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytirib, qandli diabet va rak xastaliklari rivojlanish xavfini ham oshiradi.

Qanday chora ko‘rish kerak?

JSST transyog‘lar iste’molini kunlik energiyaning 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya etmoqda. Masalan, agar kunlik ratsion 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar ulushi 2,2 grammdan oshmasligi kerak.

Ammo ayrim mahsulotlar tarkibida bu me’yordan 200 baravar ko‘p transyog‘lar mavjud. Shu sababli mutaxassislar bu yog‘larni iste’moldan butunlay chiqarish yoki ularni minimal darajada kamaytirishni tavsiya qilishmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qulupnayni nega tuzli va sodali suvda yuvib yeyish zararli?'ning rasmi

    Salomatlik 30.04.2025 17:49

    Qulupnayni nega tuzli va sodali suvda yuvib yeyish zararli?

    Qulupnay mavsumida ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga professor javobi.

    'Nega go‘dakni ona suti bilan oziqlantirish muhim?'ning rasmi

    Salomatlik 28.04.2025 17:32

    Nega go‘dakni ona suti bilan oziqlantirish muhim?

    Chaqaloqning sog‘lom ulg‘ayishi juda ko‘p omillarga bog‘liq.

    'Allergik kasalliklar innovatsion usullar yordamida aniqlanmoqda'ning rasmi

    Salomatlik 15.04.2025 20:26

    Allergik kasalliklar innovatsion usullar yordamida aniqlanmoqda

    Atrof-muhitning ifloslanishi, kimyoviy qo‘shimchalar va konservantlar bilan boyitilgan oziq-ovqatlar iste’moli ortishi, dori vositalarini haddan tashqari ko‘p qabul qilish, kamharakatlilik, stress...

    'Endilikda patronaj hamshiralari bemorlarni uyida reabilitatsiya qiladi'ning rasmi

    Salomatlik 04.04.2025 18:16

    Endilikda patronaj hamshiralari bemorlarni uyida reabilitatsiya qiladi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab taxminan 2,4 milliard inson reabilitatsiya qilinishi kerak bo‘lgan patologik xastaliklardan aziyat chekmoqda.

    'O‘zbekistonda ilk bor onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarda o‘zak hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazildi'ning rasmi

    Salomatlik 02.04.2025 19:21

    O‘zbekistonda ilk bor onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarda o‘zak hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazildi

    Dunyo miqyosida qon va qon yaratish tizimi kasalliklariga chalinish holatlari yildan-yilga ortib bormoqda.

    'Dunyo bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qariyb 2 barobar kamaydi'ning rasmi

    Salomatlik 28.03.2025 20:27