AsosiyJamiyat

Jizzaxga 22 dona zamonaviy avtobus olib kelindi

Yil yakuniga qadar yana 30 dona avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

'Jizzaxga 22 dona zamonaviy avtobus olib kelindi'ning rasmi

Transport vazirligining xabar berishicha, Jizzax shahrida jamoat transporti faoliyatini yaxshilash maqsadida “Oybek supertrans” MCHJ tomonidan 22 dona “Zong tong” rusumli avtobuslar olib kelindi.

Ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichi yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida “Jizzax orient trans” XK tomonidan 30 dona “Zong tong” rusumli hamda aprel oyida “Jizzax Avtotrans Servis” MCHJ tomonidan esa 8 dona “Ankai” rusumli avtobuslar olib kelingan edi.

    Boshqa yangiliklar