AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida tezlik 80 km/soatga tushirildi

Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi.

'Toshkent viloyatida tezlik 80 km/soatga tushirildi'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimining ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, bu bilan hududlardagi avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish maqsad qilingan.

Hokim qarori bilan Toshkent viloyati YHXBning viloyat hududida joylashgan 37 ta yo‘l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini soatiga 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mashinalar tezligi kamaytirilayotgan hududlardan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 3.24 "yuqori tezlik cheklangan" yo‘l belgilarining amaldagi talablar asosida besh kun muddatda o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.

Viloyat YHXB tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida cheklangan tezlikda avtomobillar harakatlanishini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:59

    'Samarqandda o‘qituvchilar o‘quvchini tiz cho‘kib uzr so‘rattirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:59

    'Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:18

    Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi

    Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    'Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Cobalt YTH sodir etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:16

    'Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezd tagiga tashladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:13

    'O‘zbekistonda bolalar nega tilanchilik qiladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:21

    O‘zbekistonda bolalar nega tilanchilik qiladi?

    Bolalarni tilanchilikka olib kelayotgan sabablar ochiqlandi.