AsosiyDunyo

Tramp qo‘llagan tariflar sabab birjalar qulamoqda

Osiyo va Avstraliyadagi birjalarda aksiyalar arzonlashdi. Yapon mashinalari va texnologiya kompaniyalari eng katta yo‘qotishga uchradi.

'Tramp qo‘llagan tariflar sabab birjalar qulamoqda'ning rasmi

Tramp o‘rnatgan yangi import boji tariflari butun dunyo fond birjalarini yiqita boshladi. Xususan, Avstraliya va Osiyo bozorlarida katta yo‘qotishlar kuzatilmoqda.


Bugun, dushanba tongda ochilishidan so‘ng Osiyo va Avstraliya birjalarining indekslari keskin tushib keta boshladi. AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etgan yangi tariflar bunga sabab bo‘lgan.

Jumladan, Avstraliya birjasi indeksi, S&P/ASX 200, savdolar avvalida qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha 6,4 foizga pasayishini ko‘rsatdi va shu darajada barqarorlashdi.
Koreya fond bozori indeksi, KOSPI, savdo boshlanishi bilan 5 foizdan ortiq pasaydi.
Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi ham pasayib ketgan.


Ayniqsa yapon avtomobil korporatsiyalarining aksiyalari qadrsizlana boshlagan. Zero, yapon avtomobillari uchun Shimoliy Amerika, xususan, AQSH bu soha uchun o‘ta muhim bozor hisoblanadi. Tramp AQSHdan tashqarida ishlab chiqarilgan avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari uchun kiritgan 25 foizlik boj tarifi endi bu ulkan bozorni yapon avtomobillari uchun samarasiz qilib qo‘yadi. Eksport pasaysa daromad ham pasayadi. Shu bois avtomobil kompaniyalarining aksiyadorlari narxlar pasayib ketmasidan qo‘llaridagi aksiyadlarini sotib yuborishga intilmoqda.

Bu esa mazkur qimmatli qog‘ozlarning battar qadrsizlanib, narxlari tushib ketishiga olib kelyapti. Yaqin istiqbolda vahima boshlansa, bu qog‘ozlarning umuman qimmati qolmasligi ham mumkin. 
Masalan, bugun birja savdolari  ochilishidan so‘ng Honda avtomobil konsernining aksiyalari deyarli 8 foizga tushib ketdi, Nissan aksiyalari esa 10 foizga qadrsizlandi. Mtsubishi Motors aksiyalari ham taxminan 10 foiz qiymatini yo‘qotgan.


Shuningdek, Tayvan, Shanxay va Gonkong birjalarida ham pasayish kuzatilmoqda. Gonkongning Hang Seng indeksi ochilgandan yarim soat o‘tib taxminan 9 foizga tushdi, Shanxay birjasining SSE Composite Index indeksi — 6 foizga, Tayvanning TAIEX indeksi esa 9,6 foizga pasaydi.


Yangi tariflar e’lon qilinganining ertasidan boshlab, AQSH  fond birjalarining indekslari pasayishni boshlagan, xususan, S&P 500 indeksi 3,2 foizga, Nasdaq va Dow Jones indekslari 4 foizga arzonlab ketgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp butun dunyo davlatlari uchun 10 foizlik boj joriy etgandi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi sanasi belgilandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:00

    Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi sanasi belgilandi

    Bo‘stonliq tumanida Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turistik markazi loyihasining atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

    'Ispaniya janubida ikki tezyurar poyoz toʻqnashib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:11

    Ispaniya janubida ikki tezyurar poyoz toʻqnashib ketdi

    Hodisa ortidan kamida 21 kishi halok bo‘ldi.

    'Pierce Morgan Trumpning Grenlandiya rejalariga kinoya bilan javob qaytardi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:15

    Pierce Morgan Trumpning Grenlandiya rejalariga kinoya bilan javob qaytardi.

    Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan AQSh prezidenti Donald Trumpning Grenlandiya haqidagi bayonotlarini maskhara qilib, Buyuk Britaniya Qoʻshma Shtatlarni "qayta sotib olishi" kerakligini aytdi.

    'Germaniyada AQShdagi JChni boykot qilish taklifi muhokama qilinmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:48

    Germaniyada AQShdagi JChni boykot qilish taklifi muhokama qilinmoqda

    So‘rov natijalariga ko‘ra, agar AQSH Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan egallasa, germaniyaliklarning deyarli yarmi mamlakati tomonidan Jahon chempionatini boykot qilishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

    'Yevropa Trumpga qarshi birlashmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:18

    Yevropa Trumpga qarshi birlashmoqda

    Yevropaning sakkizta davlati AQSh prezidenti Donald Trampning boj joriy etish va Grenlandiya bo‘yicha tahdidlari transatlantik munosabatlarni izdan chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.01.2026 14:45