Rossiyaning Omsk shahrida o`tkazilgan “Go`zallik tanlovi” g`olibasi bo`lgan Irina Vidan tanlov tashkilotchilari toj va barcha sovg`alarni qaytarib topshirishni talab qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Bunga qizning ijtimoiy tarmoqlarda tanlov sovg`alarini tanqid qilgani sabab bo`ldi. Mazkur tanlovda Irina g`oliblikni qo`lga kiritib, birinchi o`rinni egalladi. Tanlov finalidan keyin Irina ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilariga sovg`alar u kutgan darajada ishonchini oqlamaganligini ma`lum qildi. Shu bilan birga ilgari qatnashgan tanlovda Iphone 5s ga ega bo`lganligini ham eslatib o`tdi.
Irinaning mazkur postni yozganidan bir necha soat o`tar-o`tmas, tanlov tashkiliy qo`mitasi undan toj va sovg`alarni qaytarishni talab qilib, qo`ng`iroq qildi. Ularning ma`lum qilishicha, Irinaning bunday tanqidiy fikr bildirishi tanlov qonun-qoidalariga to`g`ri kelmas ekan.
Irina Vi jurnalistlarga tanlov tashkilotlari undan Sheregesh tog`-chang`i kurortiga berilgan yo`llanma va go`zallik saloniga tekinga borish uchun berilgan chipta qaytarib olingani haqida gapirdi. Sovg`alar tarkibida yana 20 ming rubllik sertifikatlar, mo`ynali, zargarlik buyumlari bo`lgan.
Tanlov tashkilotchilari hozircha Irinadan g`oliblik unvoni rasman olib qo`yilmaganligini ma`lum qildi. Irina esa tashkilotchilar ustidan sudga murojaat qilishni rejalashtirdi.





