AsosiyDunyo

AQSHda uchuvchi pasportini unutib qoldirgani uchun samolyot ortga qaytdi

Samolyot ikki soatlik parvozdan so‘ng ortga qaytib, San Fransiskoga yo‘l olgan.

'AQSHda uchuvchi pasportini unutib qoldirgani uchun samolyot ortga qaytdi'ning rasmi

Amerikaning United Airlines aviakompaniyasining Los Anjelesdan Shanxayga uchayotgan samolyoti uchuvchilardan biri pasportini unutib qoldirgani sababli orqaga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 257 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Uchoq mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da havoga ko‘tarilgan. Samolyot ikki soatlik parvozdan so‘ng ortga qaytib, San Fransiskoga yo‘l olgan va soat 17:00 atrofida qo‘ngan.

Uchuvchining yonida pasporti yo‘q edi. Mijozlarimizni o‘sha kuni kechqurun manzilga yetkazish uchun yangi ekipaj tashkil qildik. Ularga ovqatlanish va kompensatsiya uchun vaucherlar taqdim etildi, deyiladi aviakompaniya bayonotida.

To‘rt soatdan keyin San Fransiskodan Shanxayga yangi ekipaj parvoz qilgan va manzilga taxminan olti soat kechikib qo‘ngan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:10

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

    Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

    'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 13:08

    Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

    'Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 12:59

    Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi

    Sistina ibodatxonasining tomiga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqayotgan qora tutun saylash tugallanmaganligidan dalolat beradi.

    'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 10:55

    Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

    Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.