AsosiyJamiyat

Andijonda ota aliment evaziga besh xonali uy-joyini o‘tkazib berdi

Undan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

'Andijonda ota aliment evaziga besh xonali uy-joyini o‘tkazib berdi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining ijro hujjatiga binoan qarzdor A.N.dan undiruvchi D.Yu. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor A.N. 2020 yilda, ya’ni sud hujjati chiqarilishidan oldin Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun ketgan va u xorijda bo‘lgan davrida aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagani sabab qarzdorlik 20 mln so‘mdan ortib ketgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor joriy yilning mart oyida yurtimiz hududiga qaytganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, qarzdor bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, aliment qarzlarini to‘lashi tushuntirilgan. Aliment to‘lovchi ota qarzdorlik va farzandlarining kelgusidagi aliment to‘lovlari evaziga o‘zining Ulug‘nor tumanida joylashgan besh xonali hovlisini berishini ma’lum qilgan.
Shunday qilib, xonadon hujjatlari undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berildi va ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida xonadon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    Toshkent viloyatida xonadon yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

    '“Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 19:27

    “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida ushbu dasturni yo‘lga qo‘ydi.

    'Xususiy OTMlarga litsenziya berish shartlari belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 18:38

    Xususiy OTMlarga litsenziya berish shartlari belgilandi

    Yangi talablarga ko‘ra, OTMning ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan binolari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

    'O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 14:23

    O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda

    Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi.

    '“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 13:21

    “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Adliya vazirligi ushbu taomni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kirg‘izdi.

    'Zangiotada sifatsiz dori vositalari  savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 12:52

    Zangiotada sifatsiz dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.