AsosiyJamiyat

O‘zbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

Mrakaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi.

'O‘zbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi'ning rasmi

Bu haqda Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 5-9 aprel kunlari "Tashkent City" hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi "Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati" bo‘lib, unda kambag‘allikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Assambleya so‘nggida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar